Tennischilarimizning g‘alabalari
Mamlakatimiz tennischilari Professional tennischilar uyushmasi (ATP) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Belarus, Estoniya, Slovakiya, Yaponiya va Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz tennischilari Professional tennischilar uyushmasi (ATP) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Belarus, Estoniya, Slovakiya, Yaponiya va Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin Slovakiyada o‘tkazilayotgan “Peugeot Slovak Open – 2016” xalqaro turnirini g‘alaba bilan boshladi. U turnirning juftliklar bahsida rossiyalik Mixail Yelgin bilan birga niderlandiyalik tennischilar Vesley Kulxof va Matve Middelkupustini 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Denis yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvini mezbonlar vakili Tomas Liskaga qarshi o‘tkazadi.
Belarusda xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda ishtirok etayotgan tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova birinchi davrada ukrainalik Olga Yanchukni 6:2 6:3 hisobida yengdi.
Yaponiyadagi turnirning yakkalik bahslarida g‘alaba qozongan Nigina Abduraimova juftlik bahslarida rossiyalik dugonasi Kseniya Likina bilan birga chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Nigina va Kseniya yaponiyalik Eri Xozumi va Miyu Kato ustidan g‘alaba qozondi.
Estoniyada terma jamoamiz a’zosi Temur Ismoilov ilk davrada latviyalik Martins Podzusni 5:7, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada Odil Karimov, Amal Sultonbekov, Sergey Fomin, Bekzod Rasamatov, Yuliya Kim, Laylo Bahodirova, Milana Maslenkova kabi yosh tennischilarimiz raqiblarini yengib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.