Tennischilarimiz Uimbldon turnirida o‘ynaydi
O‘zbekistonning eng kuchli uch nafar tennischisi asosiy to‘rda ishtirok etadi
London shahrida tennis bo‘yicha o‘tkaziladigan yilning uchinchi «Katta dubulg‘a» turniri — Uimbldon musobaqasining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida O‘zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova WTA reytingi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rdan joy oldi. Shuningdek, Polina Kudermetova hamda Mariya Timofeyeva saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, ketma-ket uchtadan g‘alabaga erishgan holda asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, dunyoning eng nufuzli tennis musobaqalaridan biri hisoblangan Uimbldon turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida bir vaqtning o‘zida uch nafar o‘zbekistonlik tennischi ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Uimbldon-2026 musobaqasining asosiy bahslari 29-iyun kuni start oladi. Turnir g‘olib va sovrindorlari 12-iyul kuni aniqlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA