Dzyudochilarimiz Xitoyda Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolari uchun kurashadi
Xitoyning Sindao shahrida “Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadigan "Katta dubulg‘a" turkumidan joy olgan xalqaro turnir boshlanmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 154 ming yevrodan iborat nufuzli musobaqada dunyoning 57 davlatidan 500 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda.
“Qingdao Grand Prix 2026” xalqaro musobaqasiga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 23 nafar a’zosi o‘z raqiblarini bilib oldi.
Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Jin Feng (Xitoy)
-60 kg: Bahrom Boturov — Ismael Diyego (Braziliya)
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev — Kubanichbek Aybek uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
-66 kg: Dilshod Hamroyev — Juzeppe De Tullio (Italiya)
-73 kg: Shahram Ahadov — Valterri Olin (Finlyandiya)/Omar Al Shehada (Suriya)
-73 kg: Elbek Tojiyev — Ioan Dzitak (Ruminiya)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev — Aureliyan Bonferroni (Shveysariya)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Enzo Trombini (Braziliya)
-90 kg: Davlat Bobonov — Kinaritu (Xitoy)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Aron Santamariya (Ispaniya)/Roy Sivan (Isroil)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Jeng Ruiksin (Xitoy)
Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova — Huh Mio (Koreya Respublikasi)
-48 kg: Sevinch Murodova — Morgan Annis (Fransiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva — Gefen Primo (Isroil)
-52 kg: Muhayyo Axmatova — Jeng Yuyi (Xitoy)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Yamini Mouriya (Hindiston)/Sosorbaram Lhagvasuren (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurullayeva — Narumi Tanioka (Yaponiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Miryam Butkereyt (Germaniya)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Sudaba Agayeva (Ozarbayjon)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Aruna Jangeldina (Qozog‘iston)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova — Aleksandra Ryabchenko (Rossiya)
+7 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Aida Toishibekova (Qozog‘iston)
+78 kg: Umida Nig‘matova — Luis Voyta (Germaniya)

Uch kun davomida dzyudochilarimiz Sindao tatamilarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishi bilan birga “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasi uchun zarur bo‘ladigan reyting ballarini jamg‘arishga kirishadi.
Yana bir e’tiborli jihati, Xitoy bellashuvlari dzyudochilarimiz uchun joriy yil Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanaladi.
Musobaqa 28-iyunga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA