Tennis: Kamilla Rahimovani Parijda jiddiy sinov kutmoqda
Fransiyaning Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 61 million 723 ming yevroni tashkil etuvchi “Roland Garros” turnirida asosiy to‘rning ikkinchi davra bahslari boshlandi.
Ushbu bosqichda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova dunyo tennis reytingida o‘ninchi pog‘onada borayotgan chexiyalik Karolina Muxova bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yin bugun, 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30dan so‘ng boshlanadi.
Shuningdek, u ertaga 28-may sanasida Fransiya ochiq chempionatining juftlik bellashuvlarida chexiyalik Anna Siskova bilan tandemda birinchi davrada yaponiyalik Makoto Ninomiya va ukrainalik Nadiya Kichenokka qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA