“Talabalar ligasi”da g‘olib jamoa aniqlandi
Andijon davlat texnika institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida chim ustida xokkey bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada ishtirokchilar jamoaviy o‘yin, mahorat va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yigitlaro‘rtasida Andijon davlat pedagogika institutijamoasi birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistondavlat jismoniy tarbiya va sport universitetijamoasi ikkinchi, Urganch innovatsiya universitetijamoasi esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona davlat universiteti jamoasi kumush, Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Barcha g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA.