Temirchilikdan katta daromadga chiqqan Abubakr (+video)
Temirchilik milliy hunarmandchilikning eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishning asosiga aylandi. Ayniqsa, mamlakatimizning tarixiy hunarmandchilik markazlari va maxsus ixtisoslashgan mahallalarida bu soha butun boshli oilalar hamda mahalla ahli uchun doimiy mehnat bozori va iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Dehqonobod mahallasida temirchilik — daromad va bandlikning asosiy drayveriga aylangan. Shu yerlik tadbirkor Abubakr Abdullayev ham hokim yordamchisi ko‘magida 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, stol-stul ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va 10 dan ortiq ish o‘rni yaratdi.
Mahalladagi natija raqamlarda ham aks etmoqda: avval 150 ta oila kambag‘allik holatida bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning soni 10 tagacha kamaydi. – Maqsadimiz yil yakuniga qadar mahallani kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, — deydi hokim yordamchisi Shohabbos Sobirjonov.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA