Tashev Sarvar Norboboyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarida paketlarni dinamik filtrlash usullari va algoritmlarini takomillashtirish” mavzusida
Tashev Sarvar Norboboyevichning 05.01.05-“Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik” ixtisosligi bo‘yicha “Axborot-kommunikatsiya tizimlarida paketlarni dinamik filtrlash usullari va algoritmlarini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.09/2025.27.12.T.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 4-sentabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Tel.: (99871) 238-64-43
E-mail: tuit@tuit.uz