“Taşabbusli byudjet”: xalq taşabbusi - amaliy natija
Davlat byudjeti mablağlarining maqsadli va samarali sarflanişi, hududlardagi dolzarb muammolarning öz vaqtida hal etilişida jamoatçilik iştiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda 2021-yildan buyon amalga oşirib kelinayotgan “Taşabbusli byudjet” jarayonlari orqali fuqarolarga öz mahallasidagi muammolarni aniqlaş, ularni hal etiş böyiça takliflar bildiriş va byudjet mablağlarini yönaltirişda bevosita iştirok etiş imkoniyati yaratildi. 2026-yilda esa şeriklik asosida moliyalaştiriş va deputat taşabbusi kabi yangi mexanizmlar joriy etilib, uşbu jarayonning imkoniyatlari yanada kengaytirildi.
“Taşabbusli byudjet” jarayonlarining natijalari, joriy yildagi yangiliklar va aholi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi boş mutaxassisi Sanjar Sultonov bilan suhbatlaşdik.
– “Taşabbusli byudjet” loyihasi mamlakatimizda 2021-yildan buyon amalga oşirib kelinmoqda. Uşbu mexanizmning asosiy maqsadi nimadan iborat va ötgan davrda qanday natijalarga erişildi?
– “Taşabbusli byudjet”ning asosiy maqsadi davlat byudjeti mablağlarini taqsimlaş jarayoniga fuqarolarni bevosita jalb qiliş, mahallalardagi dolzarb muammolarni aholi takliflari asosida aniqlaş va hal etişdan iborat.
Ötgan davr mobaynida “Oçiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan 400 mingdan ortiq loyiha ilgari surildi. Ularning 24 mingdan ortiği ğolib deb topilib, amalga oşirilişi uçun jami 26 trillion sömdan ziyod mablağ yönaltirildi.
Natijada 8 mingdan ortiq içki yöllar taʼmirlandi, 7 mingdan ziyod umumtaʼlim maktablarida taʼmirlaş va jihozlaş işlari bajarildi. Şuningdek, 2 mingdan ortiq tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi yaxşilandi. Bu raqamlar taşabbusli byudjetning aholi hayotidagi amaliy ahamiyatini körsatadi.
– 2026-yilda “Taşabbusli byudjet” doirasida qanday natijalarga erişildi? Ajratilgan mablağlar asosan qaysi yönalişlarga sarflandi?
– Joriy yilda ham fuqarolarning uşbu jarayondagi iştiroki yuqori böldi. “Oçiq byudjet” portali orqali aholi tomonidan 44 mingdan ortiq loyiha ilgari surildi va ularni qöllab-quvvatlaş uçun 20 milliondan ortiq ovoz berildi.
Ovoz beriş natijalariga köra, 4 800 dan ortiq loyiha ğolib deb topilib, ularni amalga oşiriş uçun davlat byudjetidan jami 6,5 trillion söm mablağ ajratildi.
Uşbu mablağlarning 3,2 trillion sömi 2 mingdan ortiq içki yöllarni taʼmirlaşga, 1,5 trillion sömi 1 ming 129 ta umumtaʼlim muassasasini taʼmirlaş va jihozlaşga yönaltirildi. Şuningdek, 371 ta tibbiyot muassasasi uçun 466 milliard söm, 234 ta maktabgaça taʼlim muassasasi uçun 310 milliard söm ajratildi.
Bundan taşqari, hududlarda taşqi yoritiş tizimini yaxşilaş uçun 195 ta loyihaga 118 milliard söm, aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaşga qaratilgan 53 ta loyihaga esa 69 milliard söm yönaltirildi.
– Joriy yildan boşlab şeriklik asosida moliyalaştiriş va deputat taşabbusi mexanizmlari ham joriy etildi. Ularning ahamiyati va öziga xos jihatlari nimada?
– Uşbu mexanizmlar 2025-yil 29-avgustdagi Prezidentimizning “Taşabbusli byudjet jarayonlarini takomillaştiriş doirasida xalq vakillari va saylovçilar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida joriy etildi. Ular “Taşabbusli byudjet” imkoniyatlarini kengaytiriş va aholi muammolarini hal etişda yangi yondaşuvlarni şakllantirişga xizmat qiladi.
Şeriklik asosida moliyalaştiriş mexanizmida fuqarolar loyihalarni amalga oşirişga öz mablağlari bilan ham hissa qöşadi. 2026-yilda uşbu mexanizm orqali 152 ta loyiha ğolib deb topildi. Ularni amalga oşiriş uçun qariyb 20 milliard söm mablağ şakllantirildi. Şundan qariyb 10 milliard sömi aholi mablağlari, qolgan 10 milliard sömi esa davlat byudjeti hisobidan qoplandi.
Deputat taşabbusi mexanizmi esa ovoz beriş jarayonida yetarli ovoz töplay olmagan, biroq muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Joriy yilda 150 nafar deputat tomonidan hududlardagi muammolar örganilib, 495 ta loyiha tanlab olindi. Ularni amalga oşiriş uçun qariyb 480 milliard söm mablağ ajratildi.
– Kelgusida “Taşabbusli byudjet” jarayonlarini yanada takomillaştiriş böyiça qanday vazifalar belgilangan? Bu jarayonlar aholi hayotida qanday özgarişlarga xizmat qiladi?
– Asosiy vazifalardan biri fuqarolarning byudjet jarayonlaridagi iştirokini yanada kengaytiriş, davlat mablağlaridan foydalanişda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaşdan iborat.
Bugungi kunda “Taşabbusli byudjet” bilan bir qatorda “Mening maktabim”, “Mahalla byudjeti”, “Mening boğim” kabi loyihalar ham amalga oşirilmoqda. Bu esa aholining öz hududidagi muammolarni aniqlaş va ularni hal etişdagi iştirokini kuçaytirmoqda.
Şuningdek, mazkur loyiha fuqarolarda jamoat mulkiga nisbatan daxldorlik va masʼuliyat hissini ham oşiradi. Çunki aholi taşabbusi bilan taʼmirlangan yöllar, maktablar, boğlar va boşqa infratuzilma obʼektlarini asrab-avaylaşga bölgan eʼtibor ham ortadi.
Eng muhimi, uşbu jarayonlar davlat va jamiyat örtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, byudjet mablağlarining aholi uçun eng zarur bölgan muammolarni hal etişga yönaltirilişiga xizmat qiladi. Zero, har bir amalga oşirilgan loyiha ortida obod mahalla, hal etilgan muammo va aholi hayotidagi ijobiy özgarişlar mujassam.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlaşdi.