Begmurod Akbarov — Mirzaobod tumani hokimi
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov iştirokida ötayotgan sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati böyiça loyiha ofisi rahbari lavozimida işlab kelgan Begmurod Miryakuboviç Akbarov nomzodi Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Begmurod Akbarov 1984-yilda tuğilgan. 2005-yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini, 2015-yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Maʼlumoti böyiça muhandis-texnolog, şuningdek, davlat va jamiyat boşqaruvi sohasida mutaxassislikka ega.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri