Tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 3 yilga qisqartiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida «Yangi O‘zbekiston» universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
– Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi, – dedi Prezidentimiz.
Shu bois, kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi.
Bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun o‘qimoqda.
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi.
Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
O‘zA