Tanzaniyaning Viktoriya koʻlida halokatga uchragan parom qurbonlari soni ortmoqda
20 sentabr kuni Tanzaniyaning Viktoriya koʻlida yoʻlovchi paromi halokatga uchrashi natijasida 40 dan ortiq kishining vafot etgani haqida xabar bergan edik
20 sentabr kuni Tanzaniyaning Viktoriya koʻlida yoʻlovchi paromi halokatga uchrashi natijasida 40 dan ortiq kishining vafot etgani haqida xabar bergan edik.
RIA Novostining yozishicha, parom Yukora orolidan 50 metr nariroqda prichal yaqinida agʻdarilib ketgan. Agence France Presse axborotiga koʻra bortda 200 kishi boʻlgan. Bu esa kema uchun belgilangan meʼyordan ikki barobarga oshib ketgan.
Shuningdek, kema makkaxoʻjori, banan va sement kabi yuklarni ham olib ketayotgan boʻlgan.
Hozirda qurbonlar soni 136 kishiga yetgan.