Tanlov asosida ilmiy tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari direktorlik lavozimlariga o‘tkazilgan tanlov natijalarini e’lon qildi.
Xabaringiz bor, ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Fizika-matematika va texnika, Kimyo-biologiya va tibbiyot, Ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda Mintaqaviy bo‘limlardagi qator ilmiy muassasalar direktorlik lavozimlariga tanlov o‘tkazilgan edi.
Tanlov jarayonida 65 yoshgacha bo‘lgan nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi, rahbarlik qobiliyati hamda ilmiy muassasa faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dastur va takliflari inobatga olindi.

Yuqorida rahbarlikka tayinlangan ilmiy muassasalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, direktorlik lavozimiga yangi tayinlov o‘tkazilmagan ilmiy tashkilotlar uchun yil yakuniga qadar qayta tanlov e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Muhayyo Turdaliyeva, O‘zA