“Tamerlano” operasi yana Toşkent sahnasida
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston davlat akademik katta teatrida nemis kompozitori Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasi namoyiş etildi. Italiyalik rejissyor Stefano Poda tomonidan sahnalaştirilgan mazkur asar Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi taşabbusi bilan yaratilgan.
Barokko davri musiqa sanʼatining nodir namunalaridan biri sanalgan “Tamerlano” operasi Gendel tomonidan 1724-yilda bor-yöği 20 kunda yaratilgan. Asarda Amir Temur siymosi va uning hayoti bilan boğliq voqealar öziga xos badiiy talqin etilgan. Syujet markazida Amir Temur, Usmonli sultoni Boyazid va uning qizi Asteriya örtasidagi murakkab munosabatlar turadi.
Operada hokimiyat, taqdir, muhabbat, insoniy tuyğular va maʼnaviy tanlov kabi mavzular öz ifodasini topgan.
Spektaklning rejissyori, sahna bezaklari muallifi va baletmeysteri Stefano Poda asarni zamonaviy sahna yeçimlari asosida, yaxlit badiiy installyatsiya şaklida yaratgan.
Sahna liboslarida barokko uslubi özbek milliy bezak sanʼati bilan uyğunlaştirilgan. Ularni tayyorlaşda milliy kaştaçilik namunalari, zarhal bezaklar, közgu elementlari va turli davrlar tasviriy sanʼatiga xos naqşlardan foydalanilgan.
Operaning musiqiy talqini ham öziga xos. Loyihaga jalb etilgan kompozitor Kirill Rixter Gendel musiqasini karnay, rubob, qöşnay, nay va çang kabi özbek milliy çolğulari sadolari bilan boyitgan. Bu esa Yevropa barokko musiqasi va özbek milliy musiqiy anʼanalarining özaro uyğunlaşuviga xizmat qilgan.
Opera asosan italyan tilida ijro etilib, ayrim muloqot sahnalari va xor epizodlarida özbek tilidan ham foydalanilgan.
Amir Temur obrazini Özbekiston, Qoraqalpoğiston, Boşqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov gavdalantirgan. Boyazid rolida braziliyalik opera xonandasi Daniel Umbelino, Asteriya obrazida argentinalik soprano Veronika Kanxemi sahnaga çiqqan. Bibixonim obrazini esa aktrisa Yulduz Rajabova talqin etgan.
Spektaklda Özbekiston Milliy simfonik orkestri, Özbekistonda xizmat körsatgan xor jamoasi, xalq çolğulari orkestri, “Özbegim” karnay-surnay guruhi hamda balet truppasi qatnaşgan. Sahna asariga jami 160 nafardan ziyod sanʼatkor jalb etilgan.
Eslatib ötamiz, “Tamerlano” operasining mazkur sahna talqini premerasi 2024-yil oktabr oyida Toşkentda IV Jahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida bölib ötgan edi. Keyinçalik spektakl Dubay operasi, Sankt-Peterburgdagi Mariin teatrining yangi sahnasi, Venadagi “Musikverein” konsert zali hamda Versal qirollik operasida namoyiş etildi.
[gallery-32352]
“Tamerlano” operasining Toşkent sahnasiga qaytişi tomoşabinlarga uşbu öziga xos ijodiy loyihadan yana bir bor bahramand böliş imkonini berdi. Mazkur sahna asari özbek milliy madaniyati va jahon musiqiy merosi örtasidagi ijodiy aloqalarni mustahkamlaş, tarixiy siymolarni zamonaviy sahna sanʼati vositalari orqali keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kamola YUSUPOVA,
Asliddin ALIJONOV (surat), ÖzA