Hindistonning “Sarkaritel” naşri Burhoniddin Marğinoniy majmuasi haqida maqola eʼlon qildi
Hindistonning “Sarkaritel” naşri Marğilonda bunyod etilgan Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-maʼrifiy va sayyohlik majmuasi haqida maqola eʼlon qildi.
Çet el matbuoti uşbu maskanni milliy madaniy meros, islom ilmlari, anʼanaviy hunarmandçilik va zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini özida mujassam etgan yirik loyiha sifatida yuqori baholagan.
Maqolada majmua 2026-yil 27-aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida oçilganiga alohida eʼtibor qaratilib, loyihaning Marğilon tarixiy qiyofasini zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari bilan uyğunlaştirişdagi ahamiyati yuqori baholangan. Prezidentning 2025-yil 1-apreldagi qarori asosida barpo etilgan uşbu maskanning umumiy qiymati 1,7 trillion sömni taşkil etadi va u 35 gektar maydonni egallagan.
Naşrning yozişiça, loyihaning birinçi bosqiçi doirasida ziyoratçilar uçun bir qator noyob madaniy va sayyohlik obʼektlari foydalanişga topşirilgan. Xususan, majmua hududida “Otabek va Kumuş uyi”, 17 ming kvadrat metrlik sunʼiy köl, şoir va sanʼatkorlar xiyoboni, hunarmandçilik maskanlari, anʼanaviy bozor hamda savdo şoxobçalari taşkil etilgan. Şuningdek, majmua körkiga körk qöşib turgan balandligi 27 metrli minoralar ham barpo etilgan bölib, bularning barçasi Özbekistonning boy madaniy merosini namoyon etişga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, maqolada hududning madaniy-maʼrifiy infratuzilmasiga ham alohida urğu berilgan. Ayni paytda majmuada 500 örinli Maqom teatri va Marğilon tarixi muzeyi qurilişi jadallik bilan davom etmoqda. Bu obʼektlarning taşqi bezak işlari töliq yakunlanib, içki jihozlaş jarayoni olib borilmoqda. Majmua tarkibidagi hunarmandçilik pavilonlari esa şaharning köhna ipakçilik, atlas va adras töqiş anʼanalarini butun dunyoga namoyon etişga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Hindiston naşri uşbu yirik loyihani Özbekistonning boy madaniy merosini tarğib qiliş hamda Marğilonni xalqaro miqyosdagi sayyohlik va maʼrifat markaziga aylantirişdagi tarixiy qadam sifatida eʼtirof etgan.
D.HAKIMOV,
ÖzA