Talabalar huquqiy bilimlarini boyitdi
Jamiyatda halollik, qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş, korrupsiya holatlari va ularni keltirib çiqaruvçi omillarning oldini oliş, mazkur yönalişdagi tarğibot işlari samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan "Halollik marafoni” aksiyasi ötkazilmoqda.
Mazkur aksiya doirasida partiyaning Andijon viloyat kengaşi taşabbusi bilan Andijon davlat universitetida “Yoşlar katta kuç. Ularni töğri yölga boşlaş dolzarb vazifa” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Partiya faollari, institut professor-öqituvçilari, talabalari iştirok etgan tadbirda yoşlar jamiyatimizda katta kuç, ular jamiyat, yurt kelajagining bunyodkori ekanliklari alohida taʼkidlandi.


Davra suhbatida söz olgan “Adolat” SDP Andijon viloyat kengaşi raisi örinbosari Malohatxon Musayeva iştirokçilarga “Halolik marafoni” aksiyasidan közlangan asosiy maqsad, uning doirasida ötkazilayotgan tadbirlar, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaş, bu borada yoşlar, xususan, talabalarning burç va vazifalari xususida gapirdi.
Andijon davlat universiteti “Komplayens nazorat” bölimi boş mutaxassisi Iqboljon Mamajonov korrupsiyaga qarşi kuraşiş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, şuningdek, qonunçilikda ana şu yönalişlarda belgilangan tartib va normalar haqida maʼlumotlar berdi.
Tadbirda talaba yoşlarga halollik ğoyasini singdiriş orqali qonun ustuvorligini taʼminlaş, qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik, yoşlarning qonunlarga amal qilişi, huquqiy bilimlarini oşiriş, korrupsion holatlarga qarşi qatʼiy munosabatini şakllantiriş yuzasidan fikr-mulohazalar ilgari surildi.

– Qonunlarimizni yaxşi bilmaslik jinoyat sodir etilganda yengillik bermaydi, – deydi Andijon davlat universiteti xotin-qizlar masalalari böyiça profilaktika inspektori Mazluma Abdurahmonova. – Şuning uçun har bir fuqaro, şu jumladan talabalar ham qonunlarimizni örganib borişi va unga amal qilişlari zarur. Şu maʼnoda “Adolat” partiyasi viloyat kengaşi bilan hamkorlikda ötkazilayotgan tadbirlar talabalarning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirişga yordam bermoqda.
Talabalar mavzu doirasida özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javob oldi.
“Halollik marafoni” aksiyasi doirasidagi uşbu tadbir iştirokçilar, talaba yoşlarning huquqiy bilimlarini yanada boyitdi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri