Özbekiston va Vengriya yuridik taʼlimda qöşma dasturlar joriy etişni muhokama qildi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti tinglovçilari xalqaro tajribani örganiş hamda xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlaş maqsadida Vengriyada amaliyot ötamoqda.
Safarning dastlabki kunlarida delegatsiya aʼzolari Vengriyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ludovika Davlat xizmati universiteti faoliyati bilan tanişdi. Tinglovçilar huquq sohasining dolzarb masalalari, zamonaviy öqitiş metodikalari hamda davlat boşqaruvidagi innovatsion yondaşuvlarga bağişlangan maʼruza va amaliy treninglarda iştirok etdi.
Muzokaralar çoğida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, professor-öqituvçilar va tinglovçilar almaşinuvini yölga qöyiş hamda qöşma taʼlim dasturlarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, delegatsiya Vengriya Huquqiy fanlar instituti faoliyati bilan tanişib, kelgusidagi qöşma loyihalar yuzasidan fikr almaşdi.
Öquv dasturi doirasida Yevropa huquqining öziga xos jihatlari, zamonaviy tendensiyalar, fundamental huquq, raqamli tartibga soliş va huquq ijodkorligi kabi yönalişlarda maʼruzalar tinglandi. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, mazkur amaliyot özbek huquqşunoslarining kasbiy malakasini oşiriş va yuridik taʼlimga xalqaro standartlarni joriy etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Safar davomida institut tinglovçilari Özbekistonning Vengriyadagi elçixonasida ham böldi. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan uçraşuvda Vengriyaning yetakçi huquqiy muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva, ÖzA