Tadbirkorlik sari dadil qadam
Qarşi davlat texnika universitetida yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasblar körgazmasi taşkil etildi.
Körgazmada Qaşqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, korxona va taşkilotlar, tadbirkorlik subʼektlari vakillari iştirok etdi. Unda iş beruvçilar tomonidan mavjud böş iş örinlari, mutaxassislarga qöyiladigan talablar, mehnat bozoridagi ehtiyoj hamda işga joylaşiş imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida “Yoşlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” ham ötkazilib, unda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoşimov hamda Qarşi davlat texnika universiteti rektori Şerzod Neʼmatov yoşlar bilan oçiq muloqot qildi.
[gallery-32391]
Suhbat davomida yoşlarni kasb-hunarga öqitiş, bandligini taʼminlaş, ularning biznes ğoyalarini qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi uçun moliyaviy kömak beriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
- Bunday uçraşuvlar yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlikka yönaltiriş va öz biznesini boşlaşi uçun zarur imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyatga ega. Masalan, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida universitetimizda tahsil olayotgan 362 nafar talabaning loyihalarini moliyalaştiriş uçun bank tomonidan 12 milliard 256 million söm mablağ ajratildi, - deydi universitet prorektori Zafar Çorşanbiyev.
Uçraşuv yakunida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagida bölgan bitiruvçilarning loyihalari körib çiqilib, ularga imtiyozli kredit mablağlari ajratiş uçun vauçerlar topşirildi.
Körgazma doirasida talabalar uçun işlab çiqariş korxonalariga tanişuv sayohatlari ham taşkil etildi. Jumladan, ular Qarşi şahridagi “Sulton Tex Group” xususiy korxonasi hamda Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi “FM World” kompaniyasi faoliyati bilan tanişdi.
Sayohat davomida yoşlarga korxonalarda işlab çiqariş jarayonlarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, mahsulot sifatini taʼminlaş va mehnat unumdorligini oşiriş borasidagi tajribalar namoyiş etildi. Şuningdek, tadbirkorlikni samarali yölga qöyiş, bozor talablarini örganiş va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş yuzasidan fikr almaşildi.
Tadbir yakunida faol iştirok etgan yoşlarga esdalik sovğalari topşirildi.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat), ÖzA muxbirlari