Özbekiston va Turkiya investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov Turkiya taşqi iqtisodiy aloqalar kengaşi (DEİK) huzuridagi Turkiya - Özbekiston işbilarmonlar kengaşi raisi Özgyur Onur Özgyuven bilan uçraşdi.
Uçraşuvda xususiylaştiriş jarayonlariga turkiyalik investorlarni jalb qiliş, ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Turkiya kompaniyalarini xususiylaştiriş jarayonlari haqida xabardor qiliş, investitsiyaviy takliflar almaşiş va özaro hamkorlikni tizimli yölga qöyişni nazarda tutadi.
Kelişuv doirasida dekabr oyida Turkiya investorlari uçun Özbekistondagi xususiylaştiriş jarayonlariga bağişlangan maxsus panel sessiyasini ötkaziş taklif etildi. Unda istiqbolli davlat aktivlari va ularni xarid qiliş şartlari taqdim etiladi.
Agentlik direktori Prezidentimizning sohaga doir tegişli farmoni ijrosi doirasida 2026-2027-yillarda 84 ta korxonadagi davlat uluşlari, 1 242 ta köçmas mulk obʼekti va qariyb 8 ming gektar yer maydoni savdoga çiqarilişini maʼlum qildi. Ularning umumiy qiymati qariyb 100 trillion sömni taşkil etadi.
Investorlar uçun aktiv qiymatini olti oyda töliq tölaganda 25 foiz çegirma, yetti yilgaça foizsiz bölib tölaş va kamida 50 foiz tölovdan söng obʼektni rekonstruksiya qiliş imkoniyatlari mavjud.
Sönggi yillarda turkiyalik investorlar Özbekistonda qiymati qariyb 366 million dollar bölgan 30 dan ortiq davlat aktivini xarid qilgan.
Agentlik axborot xizmati maʼlumotiga köra, memorandum ikki mamlakat örtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, xususiylaştirişga xorijiy sarmoyalarni jalb etiş, korxonalarni modernizatsiya qiliş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA