Tadbirkor ayol: ikki nafar ishchidan 45 nafarlik jamoaga
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarni biznes faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi «Beka charos» xususiy korxonasi ham shunday tadbirkorlik sub’ektlaridan biri hisoblanadi.
Korxona rahbari Gulbeka Qo‘chqorova 2008-yilda faoliyatini ikki nafar tikuvchi bilan boshlagan. Bugungi kunda korxonada 45 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda tibbiyot va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun choyshab, ko‘rpa-yostiqlar, shuningdek, ayollar va bolalar kiyimlari buyurtma asosida ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 2 milliard so‘mgacha yetadi.
[gallery-30514]
Gulbeka Qo‘chqorovaning mehnat faoliyati davlat tomonidan ham munosib e’tirof etilgan. U 2022-yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Ayni paytda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Tadbirkor Samarqand viloyati Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda «Ziyoda Iymona» unitar korxonasini ham tashkil etgan. Unda ijtimoiy soha muassasalari uchun tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirda mazkur korxonada 6 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA