Suv taʼminoti inşootida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati sinovdan ötkazildi
Navoiy viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi hamda “Navoiy suv taʼminoti” AJ hamkorligida Karmana tumanidagi “Uyrot” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan Navoiy suv işlab çiqariş inşootida maxsus-taktik öquv maşqi taşkil etildi.
Bugungi kunda işlab çiqariş obʼektlarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etiş, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda bunday holatlarda tezkor va samarali harakat qiliş könikmalarini şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, faoliyatida kuçli taʼsir etuvçi zaharli moddalardan foydalaniladigan obʼektlarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş, işçi-xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşiriş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

– “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yönalişida ötkazilgan mazkur maşqning asosiy mavzusi kuçli taʼsir etuvçi zaharli modda – xlorning atrof-muhitga tarqalişi va jabrlangan işçi-xodimni qutqarişdan iborat böldi, – deydi hududiy inspeksiya boş mutaxassisi Nodirjon Jörayev. – Öquv maşqining asosiy maqsadi xlor saqlaş omboridagi suyuq xlor konteyneridan modda sizib çiqişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş, jabrlangan işçi-xodimni qutqariş, şuningdek, xodimlarning bunday holatlarda töğri va tezkor harakat qiliş könikmalarini mustahkamlaşdan iborat böldi.
Belgilangan rejaga muvofiq, öquv maşqi bitta öquv nuqtasida taşkil etilib, unda işçi-xodimlar va masʼul mutaxassislarning amaliy harakatlari sinovdan ötkazildi. Maşq jarayonida xlor saqlaş omborida zaharli moddaning havoga tarqalişi bilan boğliq şartli favqulodda vaziyat yuzaga keltirildi.

Iştirokçilar tomonidan vaziyatni aniqlaş, xavfsizlik çoralarini köriş, favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etiş va jabrlangan işçi-xodimni qutqariş böyiça belgilangan harakatlar amaliy tarzda bajarildi. Natijada şartli ravişda yuzaga keltirilgan xlor tarqalişi bilan boğliq favqulodda vaziyat bartaraf etildi hamda jabrlangan xodim qutqarib olindi.

Öquv maşqi yakunida iştirokçilar va kuzatuvçilar bilan savol-javoblar ötkazilib, maşğulot davomida yöl qöyilgan kamçiliklar atrofliça muhokama qilindi. Aniqlangan kamçiliklarni kelgusida bartaraf etiş, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qiliş hamda favqulodda vaziyatlarga doimiy şay holatda böliş yuzasidan tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri