Içimlik suv muammosi hal etildi
Inson qadrini uluğlaş, aholi turmuş farovonligini oşiriş va odamlarni qiynayotgan muammolarga joyida yeçim topiş — mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning eng muhim mezonlaridan biridir. Davlat rahbari ilgari surayotgan xalq bilan muloqot qiliş, har bir murojaat ortida inson taqdiri va hayotiy ehtiyojlar turganini anglab iş tutiş tamoyili joylardagi amaliy işlar mazmunida ham öz ifodasini topmoqda.
Buxoro tumanidagi “Gulşanobod” mahallasida içimlik suvi taʼminoti bilan boğliq muammoning ijobiy hal etilgani buning yaqqol misolidir.
Maʼlumki, Buxoro şahriga tutaş bölgan Buxoro va Kogon tumanlarining ayrim hududlari içimlik suvi bilan Buxoro şahar suv taʼminoti korxonasi orqali taʼminlanadi. Ana şunday hududlardan biri — “Gulşanobod” mahallasida ham aholini yillar davomida qiynab kelgan suv taʼminoti muammosi mavjud edi.
Mahalla fuqarosi X. Navrözova Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasiga işonç telefoni orqali murojaat qilib, 2005-yilda içimlik suvi quvurlari tortilib, xonadonlar tarmoqqa ulangan bölsa-da, aholiga suv muntazam yetkazib berilmayotganini bildirgan.

Eʼtiborlisi, uşbu murojaat oddiy ariza sifatida emas, aholining kundalik hayotiga bevosita taʼsir körsatayotgan dolzarb masala sifatida qabul qilindi. Buxoro şahar Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olinib, masʼullar iştirokida joyiga çiqqan holda örganildi. Örganişlar davomida suv quvurlarining eskirgani oqibatida tarmoqda sizib çiqiş holatlari yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Muammoning sababi oydinlaşgaç, uni bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi. Buxoro şahar hokimligi taşabbusi va amaliy kömagi bilan “Buxoro suv taʼminot” AJ şahar filialining maxsus texnikalari hamda mutaxassislari jalb etildi.
Natijada joriy yilning oktabr-noyabr oylarida mahalla hududida jami 1,2 kilometr içimlik suvi quvurlari yangidan yotqizildi. Bu orqali aholini uzluksiz içimlik suvi bilan taʼminlaş yölidagi muhim tösiq bartaraf etildi.

Bir qaraşda 1,2 kilometr quvur tortilişi oddiy infratuzilma işidek tuyulişi mumkin. Ammo uning ortida yillar davomida suv kutib yaşagan oilalar, kundalik turmuşda qator qiyinçiliklarga duç kelgan insonlar manfaati mujassam. Şu bois bu işning ahamiyatini faqat bajarilgan quriliş hajmi bilan emas, balki odamlar hayotida yuz bergan ijobiy özgarişlar bilan baholaş lozim.
Bu holat xalq bilan muloqotning mohiyatini ham oçib beradi: murojaatni eşitişning özi kifoya emas, uning sababini aniqlaş, masʼullarni safarbar etiş va natijaga erişiş muhim. Zero, davlat idoralari faoliyatining samarasi, eng avvalo, fuqarolarning hayotida seziladigan özgarişlar, hal etilgan muammolar va odamlarning roziligi bilan ölçanadi.
Gulşanobod mahallasida içimlik suvi taʼminoti yaxşilangani ham aholi murojaatlariga eʼtibor, muammolarni joyida örganiş va ularning amaliy yeçimini topişga qaratilgan tizimli işlarning navbatdagi natijasidir.
Eng muhimi, bugun odamlarning murojaatiga quloq tutiş, ularning dardini öz vaqtida eşitiş va muammosini hal etiş davlat idoralari faoliyatidagi ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Çunki islohotlarning haqiqiy qiymati qoğozdagi raqamlar yoki hisobotlarda emas, balki har bir xonadonga kirib borgan farovonlik, yaratilgan qulaylik va insonning hayotdan roziligida namoyon böladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri