Surxondaryoda maktab maslahatchilari tajriba almashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida maktab maslahatchilari faoliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va hamkorlikni kuchaytirishga bag‘ishlangan viloyat forumi o‘tkazildi.
Termiz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan tadbirda “Kelajak” markazlari mas’ullari hamda viloyatning tuman va shaharlaridan 250 nafarga yaqin maktab maslahatchisi ishtirok etdi.
Forumda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov o‘quvchilarning qiziqish va iqtidorini aniqlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish masalalariga to‘xtaldi.
[gallery-31007]
Qayd etilganidek, 2026-yilda surxondaryolik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan. Forum doirasida matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yoshlarni IT, dasturlash, robototexnika, sun’iy intellekt, xorijiy tillar, sport va san’at yo‘nalishlariga jalb etish, maktablar va “Kelajak” markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Forum yakunida maktab maslahatchilari faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA