Superliganing qoldirilgan bahsi. «Neftçi» Farğonada «Bunyodkor»ni qabul qiladi
Birinçi davrada toşkentliklar maydonida ötkazilgan özaro bahsda «Neftçi» 1:0 hisobida ustun kelgan edi.
Bugun, 14-noyabr kuni Özbekiston Superligasining 26-turidan qoldirilgan uçraşuvda Farğonaning «Neftçi» klubi Toşkentning «Bunyodkor» jamoasini qabul qiladi. Bahs «Istiqlol» stadionida soat 18:00 da boşlanadi.
Islombek Ismoilov boşçiligidagi «Neftçi» 26 ta öyinda 61 oçko jamğarib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Farğonaliklar bir öyin köproq ötkazgan «Paxtakor»dan ikki oçko oldinda. Bugungi ğalaba bu farqni beş oçkoga yetkazadi. Ivan Boşkovich boshqaruvidagi «Bunyodkor» esa 26 oçko bilan 14-örinda bormoqda.
«Neftçi» Superligadagi sönggi uçta bahsda ğalaba qozondi. Jamoa oxirgi turda OKMKni 2:1 hisobida mağlub etdi. «Bunyodkor» esa öz maydonida «Xorazm»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Birinçi davrada toşkentliklar maydonida ötkazilgan özaro bahsda «Neftçi» 1:0 hisobida ustun kelgan edi.
Uçraşuv klublarning özaro kelishuvi bilan noyabrdagi FIFA kunlariga köçirilgan. Bunga «Neftçi»ning Elit Çempionlar ligasidagi tiğiz taqvimi va futbolchilarga tiklaniş uçun vaqt beriş zarurati sabab bölgan. Bugungi bahsni Şavkat Nasibullayev boshqaradi.