"Neftçi" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mağlub etib, çempionlik sari muhim qadam taşladi
14-noyabr kuni Farğonadagi "Istiqlol" stadionida ötkazilgan bahsda mezbonlar törtta javobsiz gol urdi.
Farğonaning "Neftçi" klubi Özbekiston Superligasida çempionlik sari yana bir muhim qadam taşladi. Jamoa 26-turdan qoldirilgan uçraşuvda "Bunyodkor"ni 4:0 hisobida mağlubiyatga uçratib, eng yaqin ta’qibçisi bilan oradagi farqni beş oçkoga yetkazdi.
14-noyabr kuni Farğonadagi "Istiqlol" stadionida ötkazilgan bahsda mezbonlar törtta javobsiz gol urdi. Vladimir Yovoviç va Jamşid Iskanderov bittadan golga mualliflik qilgan bölsa, Xurşid Ğiyosov ikki bor raqib darvozasini işğol etdi.
Uşbu ğalabadan söng "Neftçi" 27 ta uçraşuvda 64 oçko jamğarib, turnir jadvalidagi peşqadamligini mustahkamladi.
Ikkinçi örinni 59 oçko bilan "Paxtakor" egallab turibdi. 55 oçkoga ega "Navbahor" esa kuçli uçlikni yakunlab bermoqda. Har uçala jamoa ham 27 tadan öyin ötkazgan.
Çempionat yakunlanişiga uç tur qolgan bir paytda farğonaliklar eng yaqin ta’qibçisidan beş, uçinçi örindagi namanganliklardan esa töqqiz oçkoga oldinda bormoqda.
Endilikda asosiy e’tibor 20-noyabr kuni Namanganda bölib ötadigan vodiy derbisiga qaratiladi. Unda "Neftçi" safarda "Navbahor" bilan kuç sinaşadi.
Agar farğonaliklar uşbu uçraşuvda ham ğalaba qozonsa, oçkolari sonini 67 taga yetkazib, çempionlik sari navbatdagi muhim qadamni taşlaydi.

