Superligada bugun favoritlar töqnaşadi
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 28-tur uçraşuvlari davom etmoqda. Bugun, 20-noyabr kuni OKMK — «Qizilqum», «Lokomotiv» — «Paxtakor» va «Navbahor» — «Neftçi» jamoalari örtasidagi bahslar futbol muxlislari eʼtiborida böladi.
Turning eʼtiborli uçraşuvlaridan biri Toşkent derbisi hisoblanadi. Unda «Lokomotiv» öz maydonida «Paxtakor»ni qabul qiladi. Çempionatlar tarixida mazkur jamoalar 41-marta özaro maydonga tuşgan. Uşbu bahslarning 25 tasida «Paxtakor» ğalaba qozongan, 9 uçraşuv durang bilan yakunlangan, 7-marta esa «Lokomotiv» ustun kelgan. Töplar nisbati ham «şerlar» foydasiga — 86:37.
Jamoalar örtasidagi eng yirik natija 2020-yilgi mavsumda qayd etilgan. Öşanda «Paxtakor» 7:0 hisobida ğalaba qozongan. 2005-yilgi uçraşuvda esa Anvar Soliyev raqib darvozasiga beşta töp kiritgan. «Paxtakor»ning safardagi özaro bahslarida ham ustunligi bor: 11 ğalaba, 5 durang va 4 mağlubiyat. Gollar nisbati — 45:22. Mehmondagi eng yirik ğalaba 2005-yil 6:1 hisobida qayd etilgan.

Namanganda esa 28-turning markaziy uçraşuvlaridan biri — vodiy derbisi bölib ötadi. Unda «Navbahor» öz maydonida Farğonaning «Neftçi» jamoasini qabul qiladi. «Markaziy» stadionida soat 18:30 da boşlanadigan bahs har ikki jamoa uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy çempionat tarixida vodiyning uşbu ikki jamoasi şu kunga qadar 63-marta özaro kuç sinaşgan. Uçraşuvlarning 28 tasida «Neftçi», 15 tasida «Navbahor» ğalaba qozongan, 20 bahsda esa durang qayd etilgan. Töplar nisbati — 89:63, farğonaliklar foydasiga. Superliganing birinçi davrasida Farğonada ötkazilgan bahs esa 1:1 hisobida yakunlangan.
Bugungi uçraşuvlarning ahamiyati turnir jadvalidagi vaziyat bilan ham boğliq. Ayni damda «Neftçi» 64 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. «Paxtakor» 59 oçko bilan ikkinçi, «Navbahor» esa 55 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda. Şu bois Namangandagi derbi nafaqat vodiy klublari örtasidagi anʼanaviy raqobat, balki çempionlik poygasi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Toşkent derbisida esa «Paxtakor» peşqadam bilan oradagi farqni qisqartiriş imkoniyati uçun kuraşadi.
Darvoqe, kuni keça Superliganing 28-turini boşlab bergan «Surxon» — «Andijon» jamoalari örtasidagi uçraşuvda hisob oçilmadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA