Özbekiston U17 terma jamoasi bugun mundialda ilk öyinini ötkazadi
Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatining guruh bosqiç bahslari davom etmoqda. Bugun musobaqada Özbekiston ösmirlar terma jamoasi ham ilk turda maydonga çiqadi.
Sergey Çigodayev boşçiligidagi terma jamoamiz «Ye» guruhidan örin olgan bölib, bugun, 20-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da Kot-d’Ivuar vakillariga qarşi maydonga tuşadi.
Bugungi dasturdan jami sakkizta uçraşuv örin olgan. Soat 18:00 da Belgiya — Vetnam hamda Kuba — Tojikiston, 18:30 da Mali — Yangi Zelandiya, 19:00 da Ispaniya — Xitoy uçraşuvlari boşlanadi. Keyinroq, soat 20:00 da Italiya — Yamayka, 20:30 da Senegal — Xorvatiya bahslari ötkaziladi. Soat 21:00 da esa Fiji — Marokaş hamda Özbekiston — Kot-d’Ivuar terma jamoalari özaro kuç sinaşadi.
Endi çempionatning dastlabki turi doirasida ötkazilgan uçraşuvlar va guruhlardagi holatga töxtalamiz.

«A» guruhida Jahon çempionati mezboni Qatar terma jamoasi panamalik raqiblarini 2:0 hisobida mağlub etdi. Gretsiya esa Misrdan 2:1 hisobida ustun keldi. Natijada Qatar va Gretsiya uç oçkodan jamğardi. Töplar nisbatiga köra, Qatar guruhda birinçi, Gretsiya ikkinçi örinni egalladi. Misr va Panama hozirça oçkosiz.
«V» guruhida Janubiy Koreya Uganda ösmirlarini 3:0 hisobida mağlub etdi. Ekvador esa Yangi Kaledoniya ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozondi. Har ikki jamoa uç oçkodan jamğargan bölsa-da, töplar nisbatiga köra Janubiy Koreya guruh peşqadamiga aylandi. Ekvador ikkinçi örinda bormoqda. Yangi Kaledoniya va Ugandada hozirça oçko yöq.
«S» guruhida Mozambik va Daniya terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda özbekistonlik hakamlar brigadasi faoliyat olib bordi. Bahsni boş hakam Asker Najafaliyev boşqardi. Unga qanotlarda Baxtiyorxöja Şavkatov va Avazbek Abdullayev yordam berdi. Uçraşuvda Mozambik terma jamoasi raqibini 4:0 hisobida mağlub etdi. Guruhning ikkinçi bahsida esa Avstraliya Argentinadan 2:0 hisobida ustun keldi.

Şu tariqa, Mozambik va Avstraliya uç oçkodan jamğardi. Töplar nisbatiga köra, Mozambik birinçi, Avstraliya ikkinçi örinda. Argentina va Daniya esa oçkosiz qoldi.
«D» guruhida Fransiya terma jamoasi Gaitidan 3:1 hisobida ustun keldi. Urugvay esa Saudiya Arabistonini 3:2 hisobida mağlub etdi. Har ikki jamoa uç oçkodan olgan bölsa-da, töplar nisbati Fransiya foydasiga. Şu bois fransuzlar guruhda birinçi, Urugvay ikkinçi örindan joy oldi. Saudiya Arabistoni va Gaiti esa dastlabki turni mağlubiyat bilan boşladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA