Superliga kubogiga asos solinadimi?
Onlayn. Bu haqda ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston superligasi-2019 oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimida PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxoʻjayev aytib oʻtdi.
Bu haqda ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston superligasi-2019 oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimida PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxoʻjayev aytib oʻtdi.
Boisi 14ta jamoadan iborat tizimda toʻrt yoki uch davrali oʻyinlarni tashkil etishning imkoni yoʻq. 26 turdan iborat chempionatda futbolchilar oʻyin amaliyotisiz qolib ketadi. Ushbu muammoning oldini olish maqsadida PFL joriy mavsumdan eʼtiboran yangi Superliga kubogini tashkil etishni koʻzlamoqda. Yangi musobaqada Superliga ishtirokchilari hamda Pro-liganing litsenziyalash talabini ijobiy bajargan yana ikkita jamoa gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Albatta, bu hozircha loyiha xolos, bunga klublar qanday munosabat bildirishiga ham koʻp narsa bogʻliq. Qurʼa tashlash marosimi davom etmoqda.