Sunʼiy intellektni huquqiy taʼriflashning konseptual modellari va ularning shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilishga taʼsiri
Sanjar Ilhomovich SHOMURODOV mustaqil izlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti Toshkent, Oʻzbekiston E-mail: greatsanjar@gmail.com ORCID: 0009-0007-4518-2353
Аннотация
Maqolada sunʼiy intellekt tushunchasiga xalqaro hujjatlar (OECD tavsiyasi, Yevropa Ittifoqining “AI Act” reglamenti, Yevropa Kengashining doiraviy konvensiyasi) hamda AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston qonunchiligida berilgan huquqiy taʼriflar qiyosiy tahlil qilingan.
Muallif tomonidan texnologik neytrallik, funksional yondashuv va strukturaviy sintez mezonlariga tayangan ishchi taʼrif taklif etilgan hamda sunʼiy intellektning huquqiy tabiati shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmi bilan oʻzaro bogʻliqligi asoslantirilgan.
Tayanch soʻzlar: sunʼiy intellekt, huquqiy taʼrif, texnologik neytrallik, funksional yondashuv, shaxsga doir maʼlumotlar, huquq subyektligi.