Qadimgi va o‘rta asrlarda Movarounnahr hududida transport munosabatlarini huquqiy tartibga solishning genezisi
Azizxon Akmalxon o‘g‘li OPPOQXONOV mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O‘zbekiston
PDF shaklida yuklab olish
Annotatsiya
Ushbu maqolada qadimgi va o‘rta asrlarda Movarounnahr hududidagi transport munosabatlarining huquqiy tabiati va genezisi tahlil qilingan. Tadqiqotda Buyuk Ipak yo‘li nafaqat iqtisodiy yo‘lak, balki transport huquqi institutlari shakllangan muhim hududiy makon sifatida qaralgan. Davlatning transport xavfsizligini ta’minlashdagi roli, odat huquqi (lex mercatoria) va imperativ normalarning sintezi, shuningdek, karvonsaroylardagi javobgarlik masalalari Rim huquqi bilan qiyosiy tahlil etilgan. Transport munosabatlarini tartibga solishning o‘ziga xos kompleks mexanizmlari qadimdan mavjud bo‘lganligi ilmiy asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: Buyuk Ipak yo‘li, transport huquqi, Movarounnahr, lex mercatoria, karvonsaroy, logistika, huquqiy kafolat, tarixiy tadrij, transport ekspeditsiyasi.