Sud tizimidagi islohotlar odil sudlovga erishish imkoniyatlari uchun muhim omil
Mamlakatimizda so‘ngi yillarda sud-huquq sohasida tarixiy islohotlar qat’iyat bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sudlarning mustaqilligini ta’minlash va sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ko‘plab normativ hujjatlar qabul qilindi.
Sud tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, islohotlar davomida Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituv sohasida Oliy sudga birlashtirildi. Sudyalar oliy kengashi, ma’muriy sudlar, Oliy sud huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi. Jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarish instituti bekor qilindi va dalillarga baho berish институти takomillashtirildi. Bu, o‘z navbatida, ish bo‘yicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama tekshirilib, dalillarga xolisona baho berilgan holda oqlov hukmlari ko‘payishiga asos yaratdi.
2017 yilga qadar oltita sud instansiyasida sud қарорлари қайта кўриб chiqilgan. O‘tgan to‘rt yildan buyon bu instansiyalar сони uchtaga keltirildi.
Sud tizimiga «bir sud — bir instansiya» tamoyili joriy qilindi. Unga ko‘ra, avvalo, xalqaro standartlarga mos ravishda uch босқичли sud tizimi yaratildi. Instansiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha — viloyat sudlari), apellyatsiya instansiya (вилоят darajasidagi sudlar) va kassatsiya instansiyasi (Oliy sud) shular jumlasidandir. Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan nazorat instansiyasi to‘liq bekor qilindi. Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamда raqobatga oid ishlarni кўрish bo‘yicha sudlov tarkibi tuzildi. Bu bilan investorlar, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirildi.
Bundan tashqari Ўзбекистон Respublikasi Oliy суди faoliyatida fuqarolar va yuridik shaxslarning odil sudlovga erishishida keng imkoniyatlar yaratildi. Ilgari Oliy sudga nazorat tartibida kelib tushgan shikoyatlar sudyalar tomonidan o‘rganilib, asos mavjud emas, deb hisoblangan hollarda shu haqda yozma javob xati yo‘llash bilan kifoyalangan. Keyinchalik esa sud tizimida joriy etilgan «bir sud — bir instansiya» tamoyili asosida, Oliy sudning nazorat instansiyasi тугатилиб, ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish vakolati joriy etildi.
Shu bilan birga, har bir kassatsiya shikoyati sudlov hay’atlari tomonidan sud majlisida кўрилиб, qaror qabul qilinishi tartibi joriy etildi. Buning natijasida Oliy sud sudyalarining ish hajmi yuklamasi avvalgiga qaraganda bir necha barobar ortdi, shuningdek, ishlarni ko‘rish jarayonlarida fuqarolarga bir qator noqulayliklarni keltirib chiqardi. Binobarin, har bir tuman-shahar sudlariga masofaviy videokonferens-aloqa rejimi o‘rnatilgan bo‘lsada, kassatsiya shikoyatini bergan tarafning bevosita sud majlisida qatnashish istagiga ko‘ra Toshkent shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgan edi.
Sud islohotlari davomida O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrdagi «Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan 2024 yil 1 yanvardan boshlab, sud tizimida apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari joriy qilindi va birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari ustidan dastlab apellyatsiya tartibida, agar apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida shikoyat yo protest berishlari, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari bo‘yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar ustidan esa, taftish tartibida shikoyat yo protest berish, shuningdek, taftish tartibida takroran shikoyat yo protest bildirish yuzasidan iltimosnoma bilan murojaat qilish imkonini yaratdi.
Bundan tashqari, hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat yoki protest berish muddati yigirma sutkadan o‘n sutkaga qisqartirildi. Jinoyat ishini kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish natijalari yuzasidan yangi oqlov yoki ayblov hukmi chiqarish vakolatlari berildi.

Kiritilayotgan o‘zgartirish sud qarorlarini bekor qilib, yangidan ko‘rish uchun quyi instansiya sudlariga qaytarish amaliyotiga chek qo‘ydi va fuqarolarning sarson bo‘lishi oldi olindi. Bu bilan sudda har bir ish bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish uchun zamin yaratildi.
Muhtaram yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan sudlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatini yanada kuchaytirish yuzasidan 2025 yil 1 yanvardan boshlab, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarida tergov sudyalari joriy qilinmoqda.
Tergov sudyalari zimmasiga jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalalari, ya’ni, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish hamda prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi va boshqa iltimosnomalar va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati yuklatilmoqda.
Bu bilan jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudlar sudyalari o‘rtasida ish hajmi mutanosibligini to‘liq ta’minlashga erishiladi. Sudyalar tomonidan jinoyat ishlarini ko‘rish davomida ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi, sudlanuvchilarning barcha vajlari tekshirilishi va taraflar tomonidan keltirilgan iltimosnomalarni to‘liq ko‘rib chiqilishi uchun zamin yaratadi.
Yuqoridagi islohotlarning tub mohiyati yangilangan bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan normalarga asoslanmoqda va o‘z navbatida Konstitutsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan hujjat bo‘lishi, ya’ni uning normalarini sudlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida Oliy sud Plenumining qarorlari ham qabul qilindi.
Darhaqiqat, bugun yurtimizda olib borilayotgan barcha yo‘nalishdagi islohotlarning markazida inson omili turibdi. Bu hayotiy haqiqatni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi «Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi», deya aytgan so‘zlari ham isbotlab turibdi.
Zero, islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu muqaddas zaminda istiqomat qilayotgan har bir insoning orzularini ro‘yobga chiqarish hamda uning uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdan iboratdir.
Husanboy Omonov
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Marg‘ilon shahar sudining sudya yordamchisi