Sud-huquq sohasida zamonaviy yondaşuvlar böyiça xalqaro muloqot samarali keçdi
Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida "Odil sudlovda yangi avlod: sunʼiy intellekt, raqamli işonç va sud tizimlarining kiberbarqarorligi" mavzusida ötkazilgan xalqaro öquv kursi yakuniga yetdi.
Xalqaro öquv kursida Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan sud tizimi vakillari, sudyalar, mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar iştirok etdi. Uç kunlik dastur doirasida zamonaviy sud-huquq amaliyoti uçun muhim bölgan masalalar böyiça tajriba almaşildi.
Maşğulotlarda raqamli dalillar bilan işlaş usullari, raqamli kriminalistika, darknet muhiti, blokçeyn va kriptoaktivlarning huquqiy xususiyatlari kabi yönalişlarga eʼtibor qaratildi.

Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, sunʼiy intellekt bilan boğliq kiberxavflarga munosabat bildiriş hamda sud faoliyatida mazkur texnologiyalardan masʼuliyat bilan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Kurs yakunida dasturning barça yönalişlarida faol qatnaşgan iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi.

Xalqaro öquv kursi sud-huquq sohasida raqamlaştiriş va sunʼiy intellektni joriy etiş bilan boğliq jarayonlar yuzasidan xalqaro tajriba almaşiş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda zamonaviy yondaşuvlarni muhokama qiliş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
N.Abduraimova,
ÖzA