Yöqolayotgan turlar va global xavf ostida Özbekistonning ekologik pozitsiyasi (+video)
Biologik xilma-xillik tabiat muvozanatini saqlaşda dolzarb ahamiyatga ega. Qolaversa, biologik xilma-xillik inson hayoti va faoliyati, salomatligi uçun ham muhim omildir. Ammo afsuski, sönggi paytlarda global ekologik muammolar tobora keskin tus olib borayotgani va inson omili oqibatida biologik xilma-xillik kamayib ketmoqda.
ÖzA va Barqaror rivojlaniş markazi hamkorligidagi «Maqsad» loyihasining bu galgi sonida bioxilma-xillik tuşunçasi, uning ahamiyati va bioxilma-xillikni asraş masalalari haqida suhbatlaşdik. Şu maqsadda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ekolog olim Boriy Alixonovni taklif qildik.
— Boriy Botiroviç, avvalo, biologik xilma-xillik tuşunçasi qanday izohlanadi, uning ahamiyati nimada? Biologik xilma-xillikning Yer sayyorasidagi tadrijiy rivojlanişi qanday holda keçgan?
— Biologik hayot bu tirik organizmlarga xos bölgan, ularning paydo bölişi, ösişi, rivojlanişi, köpayişi bilan boğliq jarayondir. Bunga ösimliklar ham, bir hujayrali organizmlar ham, zamburuğlar ham kiradi. Bularning hammasi bioxilma-xillikni qamrab oladi.
Şu örinda birozgina moziyga nazar taşlab, “hayot qanday paydo bölgan?” degan savolga javob topsak. Ilmiy tadqiqotlarga köra, Yerning geologik umri 4,5 milliard yildan oşiqroqni taşkil etadi. Bundan taxminan 3 milliard 900 million yil avval bir hujayrali bakteriyalar vujudga kela boşlagan. 2,5 milliard yil avval esa köp hujayrali organizmlar paydo böla boşlagan. Bulardan keyin esa, bundan 551 million yil avval Yer yuzida hozirgi kundagi hayvonot dunyosiga öxşaş bölgan hayvonot olami paydo böla boşlagan. 450 million yil avval oliy ösimliklar, 400 million yil avval esa daraxtzorlar paydo böla boşlagan.
Bir va köp hujayrali organizmlar, hayvon va ösimliklarning paydo bölişi oraliğidagi 1-1,5 milliard yillik davrlarning qanday tadrijiy bosqiçlardan ötganini körişimiz mumkin. Demak, bulardan Yer sayyorasida hayotning paydo bölişi uzoq muddatli, maşaqqatli davrni bosib ötganini köriş mumkin.
— Hozirda Yer yuzidagi bioxilma-xillikning ahvoli qanday, uning kelajagi qay holda böladi?
— Biologik xilma-xillik borasida 2 milliondan ortiq har xil nabotot va hayvonot olami turlari aniqlangan. Lekin bu darajaga yetib keliş uçun biologik xilma-xillik juda ham katta maşaqqatli yölni hamda keng kölamli qirğinlarni boşidan ötkazgan. Xususan, 544 million yil mobaynida ösimlik va hayvonot dunyosida beşta ommaviy qirğin yuz bergan.
Birinçi, ikkinçi va uçinçi qirğin jarayonlarida butun hayvonot olamining 75 foizidan 96 foizigaça bölgan qismi umuman yöq bölib ketgan. Oxirgi beşinçi bosqiç — bundan 66 million yil avval asteroid tuşişi oqibatida köplab dinozavrlar yöq bölib ketgan. Umuman, Yer yuzidagi jonzotlarning qirilib bitişi sodir bölgan. Bularga vulqonlar otilişidan tortib davriy muzliklar, materiklarning ajralişi yoki töqnaşişi kabi holatlar sabab bölgan, degan ilmiy taxminlar bor.
Hozir esa hayvonlar qirilib ketişining oltinçi davrini boşimizdan ötkazyapmiz. Afsuski, bu safar insonning “qöli bilan” hayvonot olami borgan sari yöqolib boryapti. Har yili yuzlab hayvonot va ösimlik turlari butunlay yöqolib ketyapti. Bularni millionlab yillar avval yuz bergan öşa davriy özgarişlarga soliştirsak, bugungi kunda hayvonot va nabotot olamining qirilib ketişi ötmişdagiga nisbatan 100, hatto 200 barobar tezroq keçayotganiga guvoh bölib turibmiz. Bu juda açinarli holat.
— Bu kelajakda qanaqa oqibatlarga olib keladi?
— Agar mana şunday oqibatlar davom etadigan bölsa, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining maʼlumotlariga köra, 2000-yilga nisbatan 2050-yilga borib Yer yuzidagi flora va fauna 61 foizdan 72 foizgaça qisqarib ketiş xavfi bor. Bu ertaga Yer yuzida bioxilma-xillikning tobora qisqarib borayotganidan dalolat beradi.
Bunga nafaqat brakonerlik, tabiiy resurslarni qirğin qiliş yoki örmonlarning kesilişi, balki hatto genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) ham sabab bölyapti. Ularning hisobiga ham bioxilma-xillik borgan sari qisqarib ketyapti.
Masalan, bir neça ön yillar avval oq karkidonlar ikki-uç ming boşni taşkil qilar edi. Hozir esa bor-yöği ikkitagina oq karkidon qolgan, ular ham urğoçi. Yaʼni, ularni tabiiy yöl bilan urçitib bölmaydi, faqatgina sunʼiy urçitiş orqali bu turni saqlab qoliş mumkin. Mana şularning hammasi oddiygina inson qöli bilan barbod böldi. Avstraliyadagi xaltali böridan tortib, Orolböyi hududida, umuman, Özbekiston hududida yaşagan bir neça hayvon turlari, şu jumladan, Turon yölbarsi ham yöq bölib ketganiga biz, bir avlod vakillari guvoh bölib turibmiz.
— Bu borada Özbekiston hududida qanaqa muammolar bor?
— Sönggi yillar mobaynida tabiatni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ayniqsa, bioxilma-xillikni saqlaş böyiça köplab çora-tadbirlar körilyapti. Misol uçun, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni mamlakatimiz umumiy maydonining 15 foiziga yetdi. Bu hatto dunyodagi örtaça körsatkiçdan köproq.
Özbekistondagi ösimlik va hayvonot dunyosining 80-85 foizi aynan ana şu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yaşaydi va ösadi. Biroq dinamikaga qaraydigan bölsak, hali oldimizda köplab muammolar turganidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda Özbekistonda 4 ming 500 ga yaqin oliy ösimlik turlari mavjud. 15 ming 709 ta hayvon turi bor. Şulardan 15 mingtasi umurtqasizlar (çuvalçanglar, haşarotlar va h.k.) bölsa, bor-yöği 709 tasi umurtqali hayvonlardir.

1983-yilga nisbatan Özbekiston Qizil kitobi, afsuski, ikki barobar köproq ösimlik va hayvonot turlari bilan töldirildi. Yaʼni, yangi turlar xavf ostidagi zaif yoki noyob turlar sifatida röyxatga olindi.
Albatta, bioxilma-xillikni saqlaş faqatgina muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan çegaralanib qolmasligi kerak. Ularni nafaqat son, balki sifat jihatidan baholaş, ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş, köpaytiriş hamda yaşaş maydonlarini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor berişimiz lozim.
— Nodir hayvon va ösimlik turlarining kamayib yoxud yöqolib borişida noqonuniy ov va yovvoyi tabiatga zarar yetkaziş oqibatlarining “hissasi” qanday?
— Bu eng asosiy omil. Dunyo miqyosida qaraydigan bölsak, brakonerlik — hayvonot va ösimlik olamini nobud qilişdan keladigan noqonuniy daromad uçinçi örinda turadi. Birinçi örinda harbiy qurol-aslahalar savdosi bölsa, ikkinçi örinda tabiiy resurslar (neft, gaz va yer osti boyliklari) savdosi, uçinçi örinda esa aynan noqonuniy brakonerlik va uning oqibatida hayvonot va ösimlik dunyosini yöq qiliş turadi.
Yuqorida aytganimizdek, oq karkidon nima uçun ovlangan? Tumşuğidagi qimmatbaho şoxi uçun ovlangan. Fillar ham, boşqa noyob hayvonlar ham aynan şu maqsadda qirğin qilinib, yöqolib boryapti. Bular bioxilma-xillikka eng katta putur yetkazayotgan omillar hisoblanadi.
— BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarida ekologiya va bioxilma xillikni asraş borasidagi maqsadlar doirasida mamlakatimizda qanday işlar olib borilyapti, oldimizda qanday masala va vazifalar bor?
— Har qanday davlatning barqaror rivojlanişi uçun oltita omil kerak. Birinçisi — iqtisodiy ösiş, ikkinçisi — ijtimoiy himoya, uçinçisi — ekologik xavfsizlikni taʼminlaş, törtinçisi — yoşlarning maʼnaviy barqarorligini taʼminlaş, beşinçisi — institutsional tuzilmalarni rivojlantiriş va oltinçisi — ham davlat, ham jamiyat boşqaruvi böyiça huquqiy tizim va qonunçilikni rivojlantiriş.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti qabul qilgan 17 ta Barqaror rivojlaniş maqsadlari aynan mana şu yönalişlarni qamrab oladi. Albatta, bu yerda ijtimoiy munosabatlar, siyosiy va ekologik masalalar bir-biri bilan çambarças boğliq.
Özbekiston ham 2015-yilda 16 ta Barqaror rivojlaniş maqsadlarini qabul qildi. (Faqat bitta maqsad okean va dengizlardagi fauna hamda florani saqlaşga bağişlangan bölib, mamlakatimiz ummonga töğridan-töğri çiqiş imkoniga ega bölmagani uçun uni çetlab ötdik.) Özbekiston tanlagan 16 ta maqsad böyiça Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinib, vazifalar va indikatorlar aniq belgilab berildi. Jumladan, ekologiya, ijtimoiy soha, gender tengligi böyiça ham yöl xaritalari işlab çiqilib, tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston maʼlum davrlarda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş borasida qilingan işlar böyiça xalqaro hisobotlar topşiradi va şunga qarab mamlakat reytingi belgilanadi.
Afsuski, BMT Boş kotibi Assambleyaning bir galgi yiğilişida köplab mamlakatlar barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişa olmayotgani, saʼy-harakatlar yetarliça taʼsirçan va samarali bölmayotganini açinib gapirgan edi. Yaʼni, barqaror rivojlaniş maqsadlari şunçaki şior emas, bu aniq çora-tadbirlar va qadamlardir. Bir muammoni hal qilmay turib, ikkinçisini hal qilib bölmaydi, kompleks yondaşuv kerak.
Hozirgi kunda nafaqat biologik xilma-xillik, balki çöllaniş, suv tanqisligi, resurslardan oqilona foydalaniş, iqlim özgarişi, atmosfera havosining ifloslanişi kabi murakkab masalalar öz yeçimini topişi lozim. Bu kabi ekologik muammolar Barqaror rivojlaniş maqsadlarida öz aksini topgan. Uşbu yönalişlarda mamlakatimizda keng kölamdagi saʼy-harakatlar muntazam davom ettirilmoqda. Eng muhimi, har bir insonda ekologik qalb bölişi, yuksak ekologik madaniyatga ega böliş bu boradagi islohotlarning natijadorligini taʼminlaşda hal qiluvçi omil hisoblanadi.
Muhtarama Komilova,
Oybek Davronov, Anvar Ahmedov (video), ÖzA