Stol tennischilarimiz guruhda birinchi
Qatar poytaxti Doha shahrida stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarida tennischilarimiz uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Guruh bosqichining ikkinchi turida terma jamoamiz quvaytlik raqiblarini, uchinchi turda Qirg‘iziston termasini bir xil 3-0 hisobida taslim qildi.
Eslatib o‘tamiz, stol tennischilarimiz guruh bosqichining birinchi turida Tojikiston termasini ham 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Shu tariqa, mahoratli stol tennischilarimiz guruh bosqichida barcha raqiblarini yengib, birinchi pog‘onadan joy olgan holda navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev O‘zA