Sportsevar oilalar saralandi
Nukusda shaxmat-shashka bo‘yicha “Biz aql-idrokli oilalarmiz” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Nukusda shaxmat-shashka bo‘yicha “Biz aql-idrokli oilalarmiz” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa shaxmat va shashka sport turini ommalashtirish, oilalarni sport musobaqalariga jalb qilish, havaskorlar hamda yosh shaxmatchilarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Musobaqalarning tuman va shaharlar bosqichlarida jami mingdan ortiq yosh oila va 2 mingga yaqin voyaga yetmaganlar ishtirok etdi. Shundan, 600 nafari kam ta’minlangan oilalarda tarbiyalanayotgan o‘g‘il va qizlar hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida esa 16 tuman va shahardan g‘olib chiqqan 16ta oila va 30dan ortiq voyaga yetmagan yosh ishtirok etdi.

Keskin va qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada birinchi o‘rinni Amudaryo tumani To‘lqin ovul fuqarolar yig‘inidan Yuldashovlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Xo‘jayli tumani “Suyenli” mahalla fuqarolar yig‘inidan Niyazimbetovlar oilasi, uchinchi o‘rinni Chimboy tumani “Qarakol” mahalla fuqarolar yig‘inidan Reymovlar oilasi egalladi.