Poytaxtimizda “Otam, onam va men – sportchi oila” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Sog‘lom ona va bola yili va davlatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada ichki ishlar organlari xodimlarining oilalari ishtirok etdi.
Sog‘lom ona va bola yili va davlatimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada ichki ishlar organlari xodimlarining oilalari ishtirok etdi.Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz rahnamoligida oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Zero, bolalar sport bilan band bo‘lsa, har tomonlama sog‘lom, mustaqil fikrli bo‘lib ulg‘ayadi, oilasiga, atrofdagilarga bo‘lgan mas’uliyat tuyg‘usi kuchayadi.
Musobaqaning quyi bosqichlarida saralangan 20 oilaviy jamoa mamlakat bosqichida g‘oliblik uchun bahslashdi.
Toshkent shahridan Sodiqovlar oilasi birinchi, Jizzax viloyatidan Boybo‘tayevlar oilasi ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Qayratdinovlar oilasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.