Sport xabarlari
Latviya poytaxti Riga shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yosh kurashchilarimiz jami oltita medalni qo‘lga kiritdi.
Sport kurashlari. Latviya poytaxti Riga shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yosh kurashchilarimiz jami oltita medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirning yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Islom Bahromov raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. O‘z vazn toifasida Javohir Mirahmedov kumush, Qamariddin Zayniddinov bronza medal bilan taqdirlandi.
Erkin kurash ustalari o‘rtasida polvonlarimizdan Hojiakbar O‘tkirov ikkinchi, Shoyadbek Bozorboyev uchinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Zuhra Mustanova kumush medalga loyiq topildi.
* * *
Sambo. Moskva shahrida o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 kumush va 2 bronza medal bilan taqdirlandi.
Jangovar sambo bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Rahmatjon Ahmedov, Maqsad Toshmurodov va Sherzodbek Rasulov o‘z vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Islomjon Azimov vazni 100 kilogramm bo‘lgan polvonlar bahsida bronza medalga munosib topildi. Yana bir bronza medalni sport sambosi bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Sarbon Ernazarov qo‘lga kiritdi.