Sport xabarlari
Qozog‘istonning Aktobe shahrida xotin-qizlar o‘rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtlarimiz Albina Xabibulina va Polina Merenkova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tennis. Qozog‘istonning Aktobe shahrida xotin-qizlar o‘rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtlarimiz Albina Xabibulina va Polina Merenkova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tennischilarimiz turnirning final uchrashuvida qirg‘izistonlik Kseniya Palkina hamda gollandiyalik Eva Vakanno juftligini 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi.
* * *
Erkin kurash. Parijda erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Rashid Qurbonov oltin medalga loyiq topildi.
R.Qurbonov musobaqaning vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida mezbonlar vakili Luka Lampis, polshalik Kristian Brzozovski, eronlik Muhammad Maktabdarni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda rossiyalik Osman Isakovni yenggan polvonimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.