Sport xabarlari
Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida hamyurtlarimiz 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Dzyudo. Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida hamyurtlarimiz 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqada dunyoning 34 davlatidan 300 nafarga yaqin dzyudochi ishtirok etdi. Chempionatning vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan sportchilar bahsida tajribali polvonimiz Abdulla Tangriyev kumush medal bilan taqdirlandi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bahsida Bahrom Inoyatov, 73 kilogramm vazn toifasida G‘iyosjon Boboyev bronza medal sohibi bo‘ldi.
* * *
Yunon-rum kurashi. Qirg‘izistonda davom etayotgan xalqaro turnirda polvonlarimiz ikkitadan oltin, kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Dilshod Turdiyev vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Aleksandr Loxov ham terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
O‘z vazn toifasida Feruz To‘xtayev va Abror Mamasoliyev kumush, Besiki Soldadze bronza medal bilan taqdirlandi.