Sport xabarlari
Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Futbol. Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida KXDR olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.O‘zbekiston futbol federatsiyasidan ma’lum qilishicha, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchrashuvda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda Igor Sergeyev raqiblar darvozasiga ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Husniddin G‘ofurov hamda Ikrom Aliboyev bittadan golga mualliflik qildi.
* * *
Yunon-rum kurashi. Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yosh polvonlarimiz uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘z vazn toifasida Qamariddin Zayniddinov, Mirzobek Rahmatov va Abubakr Olimov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.