Sport murabbiylarimiz «IJF academy»da malaka oshirdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «IJF academy» murabbiylik o‘quv-amaliy kurslarida ikki nafar hamyurtimiz ishtirok etdi.
Mazkur murabbiylik o‘quv-amaliy kurslarida iste’dodli murabbiylarimiz Rahimjon Subhonov va Aziz Toshmatov o‘z malakalarini oshirdi. Bir haftalik kurs davomida Tibor Kozsla, Mark Xuizinga, Bradich Slavisiya, Tina Trstenjak, Juliya Kuyintavalle, Mesut Kapan va Rustam Orujevdan iborat komissiya a’zolari murabbiylarning mahoratiga baho berdi. Shuningdek, kurs davomida ularga sportchilarni yangi uslubda tayyorlash, texnik-taktik usullarni o‘rgatish va yangi qoidalar haqida batafsil ma’lumot berildi.



Murabbiylik kursining so‘nggi kuni tegishli sertifikatlarni o‘z egalariga topshirish marosimi o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid Gaibov ishtirok etib, murabbiylarga kelgusi faoliyatlarida omad tiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA