Sport jurnalistlari Sport vazirligida taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sport vazirligida sohada samarali faoliyat yuritib, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh sport jurnalistlari taqdirlandi.
Tadbirda sport vaziri Adham Ikromov hamda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ommaviy axborot vositalari vakillarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
[gallery-30127]
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari nafaqat axborot tarqatuvchi, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etuvchi, davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlovchi muhim institut sifatida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda.
Tadbir davomida sport jurnalistikasining bugungi holati va istiqbollari, sohani yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan sport vaziri ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Yakunda bir guruh faol jurnalistlar Sport vazirligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA