Sport jamoatchiligi tunda uxlamadi (+video)
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarining qahramonlari poytaxtimizda tantanali kutib olindi.
Vatanimiz nomini ulug‘lab, qit’amizda o‘zbek sportining o‘z o‘rni, salohiyati borligini namoyish etgan mamlakatimiz sport delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Arirov boshchiligidagi hukumat vakillari, Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent shahar hokimligi, sport jamoatchiligi vakillari hamda muxlislar tantanali kutib oldi.
Mazkur jarayonni O‘zA You Tube sahifasiga joylangan videoreportaj orqali tomosha qiling va jarayon bo‘yicha to‘liqroq tasavvurga ega bo‘ling.
K.Xudayqulov,
O.Davronov.O‘zA