Nodirbek Yoqubboyev Abdusattorov va Karlsen qatoriga qo‘shilish ostonasida
Samarqandda yakunlangan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida o‘ziga xos o‘yin namoyish etgan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 2027-yilgi “FIDE Freestyle Chess World Championship” yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lganlar qatoridan joy oldi.
Yoqubboyev hozirda mazkur chempionatda ishtirok etish uchun kurashayotganlar ro‘yxatining umumiy reytingida 43 ochko bilan 3-o‘rinda harakatlanmoqda.
Turnirning 2-oktabr kuni yakunlangan birinchi qismida peshqadamlikka erishgan hindistonlik Pranav Venkatesh 2027-yilgi “FIDE Freestyle Chess World Championship” yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi dekabr oyigacha davom etadigan ikkinchi qism musobaqalar yakunida yana bir shaxmatchi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Nodirbek Yoqubboyevning asosiy raqiblaridan biri ukrainalik Oleksandr Bortnyuk 60 ochko jamg‘argan bo‘lib, ular orasidagi farq 17 ochkoni tashkil etgan.
Har bir Freestyle Friday’ musobaqasida g‘oliblik uchun 10 ochko taqdim etilishini hisobga olsak, Nodirbekning 2027-yilgi “FIDE Freestyle Chess World Championship” yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun imkoniyati hamon yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.

Aytish lozimki, bugungacha 2027-yilgi “FIDE Freestyle Chess World Championship” musobaqasida ishtirok etish huquqini Magnus Karlsen, Fabiona Karuna, Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Kaymer va Pranav Venkatesh qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, fristayl yo‘nalishi bo‘yicha 2027-yilgi jahon chempionati kelgusi yilning 12-14-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Uning saralash musobaqalari haftaning har juma kuni onlayn tarzda o‘tkazilib, joriy yil 4-dekabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA