Spiker: Mehnat migratsiyasiga oid vazifalar ijrosida deputatlarning ham öz vazifalari bor
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi öz işini boşladi. Unda bir qator qonun loyihalari hamda parlament nazorati faoliyatiga doir masalalar muhokamasi rejalaştirilgan.
Majlisda dastlab Qonunçilik palatasi Spikeri mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bölgan muhim voqealar haqida töxtalib ötdi. Xususan, davlatimiz rahbarining mehnat migratsiyasi masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişi haqida töxtaldi:
— Sönggi yillarda yurtimizda tartibli mehnat migratsiyasini yölga qöyiş, fuqarolarni yuqori malakali va daromadli işlarga joylaştiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Kuni keça Prezidentimiz tomonidan ötkazilgan mehnat migratsiyasi hamda xorijda işlaş istagida bölgan aholini til va kasblarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan yiğilişda uşbu sohada amalga oşirilayotgan işlar atrofliça tahlil qilinib, mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Xususan, kasbiy taʼlim bilan til tayyorgarligini birga olib boriş, xorijlik iş beruvçilar buyurtmasini texnikumlardagi öquv dasturlari bilan boğlaş, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini oçiş, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş orqali yiliga kamida 30 ming nafar işga tayyor mutaxassis yetiştiriş, xorijdagi iş örinlari böyiça mutaxassis yetiştiriş, şuningdek, mutaxassisga qöyiladigan talab, zarur til va öqiş imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni mahallagaça yetkaziş, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning işlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratiş, xorijda orttirilgan iş staji va pensiya huquqini tan oliş hamda mamlakatimizga kelayotgan xorijiy işçi kuçini tartibga soliş kabi vazifalar belgilandi.
Albatta, uşbu yönalişdagi vazifalar ijrosini taʼminlaşda parlament aʼzolarining ham alohida masʼuliyati bor. Xususan, tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur sohadagi huquqiy böşliqlarni töldiriş, bu boradagi vazifalar ijrosi yuzasidan taʼsirçan parlament nazoratini amalga oşirişimiz lozim böladi. Şuningdek, xalq vakillari saylov okruglaridagi faoliyatlari davomida belgilangan har bir topşiriqning mazmun-mohiyatini mahalliy ijro organlariga yetkazişlari va deputatlik nazoratini olib borişlari maqsadga muvofiq, — dedi Spiker.
Majlis öz işini davom ettirmoqda.
M.Komilova,
ÖzA