Qonun loyihasi: Soliq kodeksiga muhim özgarişlar kiritildi
Quyi palata majlisida tadbirkorlik subʼektlarini yanada qöllab-quvvatlaş hamda suv resurslaridan oqilona foydalanişni taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqildi.
Taʼkidlandiki, loyiha tadbirkorlik subʼektlarini qöllab-quvvatlaş, soliq imtiyozlarini qöllaş mexanizmlarini soddalaştiriş, aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş va daromadlarini oşiriş hamda suv resurslaridan oqilona foydalanişni rağbatlantirişga qaratilgan.
Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida bir qator özgartirişlar kiritildi. Jumladan, Soliq kodeksining 57-moddasiga kiritilayotgan özgartirişga muvofiq, yuridik şaxslarni qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçisi sifatida eʼtirof etişda uçastkalardan ikkilamçi ijara huquqi asosida foydalaniş holati ham inobatga olindi.
Şuningdek, umumiy örta taʼlim taşkilotlarida foydalaniş uçun vakolatli davlat organi tomonidan tavsiya etilgan öquv-metodik majmua va boşqa öquv materiallarini tayyorlaydigan korxonalar tomonidan mol-mulk va yer soliği böyiça imtiyozlarni qöllaş böyiça qoidalar Soliq kodeksiga muvofiqlaştirilib, ularning uşbu faoliyatdan olingan daromadlarining jami daromadlaridagi uluşiga 90 foizlik çegaraviy miqdor kiritildi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi soliq imtiyozlaridan foydalaniş natijasida böşaydigan mablağlar hisobiga tadbirkorlik subʼektlarining tovar aylanmasi oşişi, aholini ijtimoiy himoya qiliş va ularning daromadlarini oşiriş hamda investitsiyalarni jalb qilişni rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Muhokamalarda kötarilgan qator savol va takliflar yuzasidan masʼullarning javoblari tinglandi va qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA