Spartakiadada kuchli sambochilar aniqlandi
Toshkent shahridagi "Jar" sport majmuasida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari o‘rtasidagi spartakiada tizimidan o‘rin olgan sambo bahslari har qachongidan ham qiziqarli o‘tdi.
Boisi, bellashuvlarda ishtirok etgan barcha kurashchilar, ya’ni musobaqada 7 ta vazn toifasida bellashgan sportchilarning razryad ko‘rsatkichi kamida sport o‘stasi edi.
Qolaversa, musobaqalarda xalqaro musobaqalarda, jahon va qit’a chempionatlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan tajribali sambochilarning borligi spartakiadaning sambo bellashuvlariga e’tiborni yanada oshirishga olib keldi.
Spartakiadaning shiddatli kurashlari natijasida to‘rtta vaznda Xavfsizlik xizmati, ikkita vaznda Ichki ishlar vazirligi va bitta vaznda Milliy gvardiya sportchisi g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarildi.
O‘z vazn toifalarida U.Rahmonov, I.Eshmurodov, K.Xolmatov, I.Otaboyev, T.Asrorov va S.Ernazarov, Sh.Nuritdinov, A.Rajabov va D.Xoliqulov kabi bir qator mahoratli sportchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.
Munosiblar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, kubok va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA