Slovakiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda mahalliy turistik firma menejeri xorijga ishga jo‘natish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmasada, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish hamda unga viza rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari va 2,5 mln so‘m talab qilib, shundan 1 ming dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
O‘zA