Siyosiy partiyalarimiz vakillari Seulda ötayotgan xalqaro konferensiyada iştirok etmoqda
Janubiy Koreya Respublikasining Seul şahrida 4-7-noyabr kunlari bölib ötayotgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasining (ICAPP) 13-Boş Assambleyasida mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar vakillari ham iştirok etmoqda.
“Özgarayotgan dunyoda işonçni qayta tiklaş” mavzusiga bağişlangan mazkur xalqaro anjumanda Osiyoning 39 mamlakatidagi 92 ta siyosiy partiya vakillari, xalqaro taşkilotlar hamda parlament tuzilmalari vakillari qatnaşmoqda.
2000-yilda taşkil etilgan ICAPP Osiyo qitʼasidagi siyosiy partiyalar örtasida köp tomonlama muloqot va hamkorlikni rivojlantirişga xizmat qiluvçi nufuzli xalqaro maydon hisoblanadi.
Konferensiyada siyosiy partiyalar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqaviy va global muammolarga nisbatan umumiy yondaşuvlarni şakllantiriş, özgarayotgan geosiyosiy şaroitda özaro işonçni mustahkamlaş va siyosiy muloqotni kengaytiriş masalalari muhokama qilinmoqda. Şuningdek, barqaror tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, demokratiya va davlat boşqaruvini mustahkamlaş, umumiy farovonlik yölida sunʼiy intellektni rivojlantiriş hamda iqlim özgarişi masalalari kun tartibidan örin olgan.
M.Komilova, ÖzA