Ekstremizm uçun javobgarlik çoralari özgardi
“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Unga köra, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” sözlari “ekstremizm” sözi bilan almaştirilib, “Ekstremizm” tuşunçasiga taʼrif berildi.
Ekstremistik, separatistik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş yoki tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek, ekstremistik, terrorçilik taşkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş, saqlaş uçun fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça (22-44 mln. söm), mansabdor şaxslarga 100 baravaridan 150 baravarigaça (44-66 mln. söm) jarima yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.
Şuningdek, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Ekstremistik taşkilotlar, materiallar (manbalar)ning elektron reyestri yuritiladi. Reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi va hamma tanişib çiqişi uçun oçiq hisoblanadi.
M.Komilova, ÖzA