Sistemali qizil bo‘richa: kasallik oddiy belgilar bilan boshlanadi, ammo... (+video)
Doimiy charchoq, bo‘g‘imlardagi og‘riq, soch to‘kilishi va yuzda paydo bo‘ladigan qizarish… Ko‘pchilik bu belgilarni oddiy toliqish, vitaminlar yetishmasligi yoki teri muammosiga yo‘yadi. Ammo ular ortida insonning o‘z immun tizimiga qarshi kurashishiga sabab bo‘ladigan xavfli kasallik — Sistemali qizil bo‘richa yashiringan bo‘lishi mumkin.
Kasallik dastlab oddiy charchoq yoki bo‘g‘im og‘rig‘i bilan namoyon bo‘lishi, keyinchalik esa ichki a’zolarni zararlashi mumkin. Kasallik qanday aniqlanadi? Uning dastlabki belgilarini o‘tkazib yubormaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Bu yuzasidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti kafedra xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) Revmatolog-immunolog Javohir Mullaqulov batafsil gapirib berdi.
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil.
Mohichehra Eshmirzayeva,
Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA